Kompaniya haqida

Sizning xavfsiz raqamli kelajagingiz uchun mas'ulmiz

Biz biznes tizimlarini kiberxujumlar va ma'lumotlar sizib chiqishidan tizimli ravishda himoya qiluvchi tahlilchilar jamoasimiz.

Sizning xavfsiz raqamli kelajagingiz uchun mas'ulmiz

Bizning professional faoliyatimiz kiberxavfsizlik sohasida yuqori sifatli, mustaqil va ob'ektiv tahlillarni taqdim etishga yo'naltirilgan. Biz har qanday infratuzilmadagi yashirin tahdidlarni ochishga ixtisoslashganmiz.

Biz mijozlarimizga shunchaki tayyor dasturiy ta'minot sotmaymiz, balki ularning biznes jarayonlariga to'g'ri integratsiya qilinadigan xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda ko'maklashamiz.

Ko'p yillik amaliy tajribaga ega ekspertlarimiz dunyodagi eng yangi tahdidlar va himoya usullarini doimiy ravishda o'rganib boradilar, bu esa har qanday xavfni tezkorlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.

Kompaniya haqida

Biz amal qiladigan asosiy qadriyatlar

01

Mutloq shaffoflik

Biz audit natijalari va aniqlangan barcha zaifliklarni hech qanday bo'rttirishlarsiz, boricha va aniq ko'rsatib beramiz.

02

Doimiy rivojlanish

Raqamli texnologiyalar juda tez o'zgarmoqda, shuning uchun tahlil usullarimiz va himoya vositalarimizni har kuni yangilab boramiz.

03

Optimal yechimlar

Sizga ortiqcha xarajat talab qiladigan texnik yechimlarni emas, aynan biznesingiz uchun eng samarali va optimal tizimlarni tavsiya etamiz.

Biznesingizni bugun kiberxavflardan himoya qiling

Kiberxavflarning oldini olish ularning asoratlarini bartaraf etishdan ko'ra ancha arzon va xavfsizroqdir. Professional maslahatchilarimiz bilan bog'laning.

Bepul dastlabki tahlil